Klopp “Real” hujumchisining o'yinini kuzatish uchun Braziliyaga borgan

Eldor Akmurzayev
15 apr 2020, 21:45
Madridliklar a'zosi Rodrigo Goesning agenti Nik Arkuri mijoziga “Liverpul” tomonidan qiziqish bo'lganini oshkor qildi.

16 yoshli Rodrigo “Santos” bilan ilk professional shartnomasini imzolayotgan vaqtida, “Liverpul” direktori menga qo'ng'iroq qilib, Klopp bu o'yinchini oldindan bilishini aytdi. Uni o'rgandi va o'yinlarini ko'rish uchun shaxsan o'zi uchib keldi.

U Braziliyadagi istedodlarni tomosha qilish uchun YouTube'ga kirgan. U yerda esa Klopp Rodrigoni ko'rgan, u o'sha payt juda yosh edi. Shundan so'ng, Yurgen Braziliyaga keldi va hujumchi unga juda ham maqul kelgandi”, deya agentning so'zlarini keltiradi Goal.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal