Klopp Nunesning jarohati haqida ma'lumot berdi

Administrator
13 yanv 2023, 23:10
Futbolchi oxirgi mashg'ulotlarni o'tkazib yuborgandi.

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujumchi Darvin Nunesning jarohati haqida gapirdi. Futbolchi klubning oxirgi mashg'ulotlarini o'tkazib yuborgandi.

"Agar Darvin bugun mashq qila olsa, bu uning maydonga tusha olishini anglatmaydi.
Biz ma'lumot kutmoqdamiz. Jarohat juda jiddiy emas, ammo bu noqulaylik Darvinga mashq qilishga ham bermayapti, Keling, kutib turamiz", -dedi Yurgen Klopp.

Ma'lumot uchun, Nunez ushbu mavsum APLda 13 uchrashuvda 5 ta gol kiritishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: liverpoolfc.com