Klopp nega "Liverpul" Koutinoni ortga qaytarmaganini aytdi

Alisher
9 avg 2019, 14:39
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp mersisaydliklar "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni nega ortga qaytarmaganliklarini aytib o'tdi.

- "Barselona"ga qarang. Bu bir vaqtning o'zida 6 yoki 7 yil o'yinchilarni to'plash va ularni saqlab qolishga qodir bo'lgan ajoyib jamoa. Bu muvaffaqiyatning kalitidir. Ular tarkibda jamoa falsafasiga mos tushadigan o'yinchilarni ushlab tura oladi.

Bizda ham yaxshi jamoa bor va biz chempionlikka davogarlar bilan to'la bo'lgan ligada birlashishimiz kerak. Bizga biror joyga borib vaqtni o'tkazishni xohlaydigan o'yinchilarning keragi yo'q, - deydi Klopp.

Koutino 2013-2018 yillar davomida mersisaydliklar tarkibida o'ynaganidan so'ng "Barselona"ga o'tgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" yakunlangan mavsum Chempionlar Ligasi g'olibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: A Bola