Klopp: "Messi va Salohni solishtirib bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
18 mar 2018, 12:28
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Leo Messi va Muhammad Salohni solishtirish borasidagi savolga javob berdi.

"Muhammad Messi bilan tenglashishni xohlayotganiga ishonmayman. Messi 20 yil oldin nimalar qilgan bo'lsa, hozir ham shuni bajarmoqda. Bundan oldin shunday darajadagi futbolchi Diego Maradona edi.

Muhammad ham fantastik futbolchi, bu aniq. U har doim raqiblariga dars o'tamoqda", - dedi Klopp.

Eslatib o'tamiz, Saloh kecha "Liverpul"ning 4 golini urib, bittasiga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.ru