Klopp: "Mane joriy mavsumda boshqa o'ynay olmasligi aniq emas"

Aslanov Jasurbek
4 apr 2017, 21:16
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa hujumchisi Sadio Manening holati haqida gapirib berdi.

Futbolchi "Everton"ga qarshi APLning 30-tur uchrashuvida jarohat olgan edi.

"Hozircha Mane joriy mavsumning qolgan qismida o'ynay olmasligi 100% aniq emas. Biroz kutish kerak. Hozir ayta olishim mumkin bo'lgan yagona narsa, u ertaga "Bornmut"ga qarshi o'ynamaydi.

Sadio mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin, ammo tasdiqlay olmayman. Mane o'zini yaxshi his qilmoqda" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com