Klopp mag'lubiyatga izoh berdi

Aziz Tukhtamuradov
15 dek 2023
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Yunion Sent-Jinnuaz"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yunion" haqli g'alabaga erishdi. Tarkibda ko'p o'zgarish qildim deb o'ylayman. Shuning uchun "Liverpul" o'z ritmini topib ololmadi. 

Bu gollarni o'tkazib yubormasligimiz ham mumkin edi. So'nggi daqiqalarda esa hisobni tenglashtirish imkoniyatimiz bo'lgandi. 

Barcha bir o'yinni ko'rdi va "Yunion" g'alabaga haqli bo'ldi. Hozir birinchi gol urilgan vaziyatda offsayd holati bo'lishi mumkinligini aytib qolishdi. Ammo, endi buning nima ahamiyati bor?", - dedi Klopp. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Goal