Klopp: "Liverpul" yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolashga tayyor"

Alisher
4 dek 2019, 14:21
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub qishki transferlar oynasida yangi futbolchilarni xarid qilinishini istisno qilmadi.

"Biz hali rejalarni tahlil qilmadik. Bizning klub deyari har doim tayyor. Agar bizga yordam beradigan futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lsak, bunga harakat qilamiz.

Boshqa transferlar oynasiga qaraganda, qishda futbolchi sotib olish qiyinroqmi? Bilmadim, yozda Yevropada muddatlarning tugashi sabab transferlar bozorida ishlash qiyinroq. Bu hayotni juda qiyinlashtiradi", - deydi Yurgen Klopp.

Eslatib o'tamiz, mersisaydliklar APLdagi 14 turdan so'ng 40 ochko jamg'argan holda jadvalning birinchi pog'onasida borishmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports