Klopp jamoasining safardagi g'alabali seriyasi haqida fikr bildirdi

Оқил Абдубарноев
2 may 2022, 23:32
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining Chempionlar ligasi doirasida safar o'yinlaridagi g'alabali seriyasi haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Mersisayd klubi mehmonda ketma-ket 5 ta bahsda g'alaba qozondi. Klopp shogirdlari "Milan", "Atletiko", "Portu", "Inter" va "Benfika" kabi klublarni mag'lub etishdi.

"Hozir bu haqda o'ylamayapman. Biz har bir o'yinda natijaga erishish uchun kurashyapmiz. Hammasi yaxshi ketmoqda", - dedi Klopp Ispaniyaning “Vilyarreal”iga qarshi Chempionlar ligasi yarim final javob o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, ertaga "Liverpul" so'nggi 5 yil ichida uchinchi marta Chempionlar ligasi finaliga chiqishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca