Klopp Yevropadagi eng yoqtirmagan stadionini aytdi

Alisher
19 noya 2019, 16:54
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp u yoqtirmagan stadion nomini ma'lum qildi.

Klopp bir necha bor "Sevilya"ning uy stadioni bo'lmish "Ramon Sanches Pisxuan"ga tashrif buyurgan.

Mutaxassis bu erga "Maync", "Borussiya" (Dortmund) va "Liverpul" klublari bilan kelgan, ammo g'alaba qozonmagan.
"Ha, u yerda ajoyib muhit mavjud. To'g'risini aytsam, bu ular uchun maqtov. Men uchun eng noqulay stadion aynan shu er", - deydi Klopp.

Klopp nafaqat bu stadionda yuta olmagan, balki umuman "Sevilya"ni mag'lubiyatga uchrata olmagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: footballhd.ru