

Yurgen Klopp musobaqagi yubiley 100-uchrashuvini o'tkazdi va 46-g'alabasini qo'lga kiritdi. Shuningdek, nemis mutaxassisi hisobida 28 durang va 26 mag'lubiyat bor.
Bundan tashqari, Klopp mersisaydliklar murabbiyi sifatida 400-o'yinida qatnashdi. O'z navbatida “qizillar” 3-marotaba guruh bosqichida ketma-ket 5 ta g'alabani qo'lga kiritdi (2007/08, 2021/22, 2022/23).
“Liverpul” yetakchisi Virjil van Deyk jamoa libosida yubiley 200-uchrashuvida maydonga tushdi. 2018 yildan beri mazkur klub sharafini himoya qilib kelmoqda.



