Klopp: "Diasdagi barcha hususiyatlar bizga yoqadi"

Mirjalol Normatov
4 fev 2022, 18:18
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning yangi futbolchisi Luis Dias haqida gapirdi.

"U bilan ko'rishganimcha yo'q, hali u qarorgohimizga yetib kelmadi. Bu transfer - yaxshilik belgisi. Biz jamoaning har bir chizig'ini kuchaytirishni istaymiz. Hozir ham, keyin ham muvaffaqiyatga erishmoqchimiz.

Luisdagi barcha hususiyatlar bizga yoqadi. Uning o'yinlarini kuzatib bordik - ajoyib o'yinchi. Yaxshi mahorat va xarakter egasi u.

U bizga kelganidan xursandman. U bilan mashg'ulotlarni boshlashni intiqlik bilan kutyapman", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal