

Oldinroq, Nevill "qizillarga" APLda g'olib bo'lish uchun Chempionlar ligasidan chiqib ketishni maslahat bergan edi.
"Chempionlar ligasida ishtirok etadigan boshqa ingliz jamoasi vakillari bunday savollarga javob berishiga to'g'ri kelmaydi. "Liverpul"ni boshqarsang shunday bo'ladi. "Manchester Yunayted" ekspertlari aqllilik qilishadi. Biz Angliya Kubogi va liga Kubogini tark etganimizda, mendan bu jamoa uchun yaxshimi deb so'ragansiz, ammo hozirgi vaziyat boshqacha.
Bor e'tiborimiz navbatdagi uchrashuvga qaratilgan. Uni butun dunyo tomosha qiladi. Bunday uchrashuvda yarim kuch bilan o'ynashimiz kerakmi? Bu savollarni yozgan yigitlar studiyada emas, haqiqiy hayotda mana shu gaplarni aytishini ko'rmoqchiman. Bundan g'azablanganim yo'q" - deydi Klopp.



