Klopp "Arsenal"ni chempionlik uchun da'vogarlardan biri deb hisoblamoqda

Aslanov Jasurbek
9 okt 2018, 17:51
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Arsenal"ni Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun nomzodlar safiga qo'shdi.

"Arsenal" chempionlik uchun nomzodlardan biri bo'lishi haqida mavsum startidan oldin aytganman. "Arsenal" ketma-ket oltita o'yinda g'alaba qozondi va bizdan 2 ochko ortda. Agar oldinroq taqvimga qarab 8ta turdan so'ng 20 ochko to'plashimizni aytishganida, ishonmagan bo'lardim. Baxtimizga, buni uddaladik" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Evening Standard