Kleverli faoliyatini "Uotford"da davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
12 yanv 2017, 17:43
"Everton" yarim himoyachisi Tom Kleverli klubini o'zgartiradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi faoliyatini "Uotford"da davom ettiradi va bugun shu klubda tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Ikki klub vakillari 2016/17 mavsum oxirigacha ijara borasida kelishib olishdi. "Uotford"da futbolchining transfer huquqini xarid qilish imkoniyati bo'ladi. Kleverli 7,6 mln. funtga baholanmoqda.

27 yoshli futbolchi joriy mavsumda "Everton" safida 12 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 1 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports