Kleman Langle: “Pike - juda muhim o'yinchi, uning yo'qligi biz uchun katta yo'qotish”

Aslanov Jasurbek
24 noya 2020, 08:50
“Barselona” humoyachisi YCHL 4-turi doirasida “Dinamo K”ga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“YCHL pley-offiga chiqish uchun oldinda bizni o'ta muhim o'yin kutib turibdi. Biz avvalgi o'yinda (“Atletiko”ga qarshi bahs) mag'lub bo'ldik, shuning uchun yaxshi natija ko'rsatishimiz lozim. Oldinda qiyin taqvim bor. Agar ushbu bahsda g'alaba qozonib keyingi bosqich masalasini hal etsak, murabbiyda rotatsiya qilish uchun imkon topiladi.

Pike - juda muhim o'yinchi, uning yo'qligi biz uchun katta yo'qotish. Uning o'rnini bosa olamanmi? Faqat murabbiy kim maydonga tushishini hal etadi. Ikki yildan beri jamoadaman va o'zimni ajoyib his qilyapman”, - deydi Langle.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA