

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi eronlik Aleksander Nuri 38 yoshli futbolchiga ishonch bildirmayapti. Bunga asosiy sabab - Pisarroning yoshi. Futbolchining o'zi oldinroq yana bir yil shu darajada o'ynamoqchi ekanligini aytgan edi.
Pisarro 1999-2001, 2009-2012 yillarda bremenliklar sharafini himoya qilgan. U 2015 yilda yana jamoaga qaytib keldi. Bundan tashqari, Pisarro "Bavariya", "Chelsi" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
So'nggi mavsumda u Bundesliganing 19 ta uchrashuvida 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.



