Klas-Yan Xuntelar: "Shalke" bilan jahon chempionatidan keyin yangi shartnoma bo'yicha gaplashamiz"

Aziz Tukhtamuradov
2 may 2014, 10:04
Shalke futbolchisi Klas-Yan Xuntelar yangi shartnomasi masalasida gapirib o'tdi.

"Meni "Shalke"da barcha narsa qoniqtirmoqda.

Kelajakni muhokama qilishdan avval bu mavsumda nimagadir erishishim zarur.

Tushunishim bo'yicha, yangi shartnomam masalasi jahon chempionatidan so'ng ko'tariladi, ungacha emas", - deydi Xuntelar.

Gollandiyalik futbolchi "Shalke" safida 2010-yildan beri to'p suradi va uning amaldagi shartnomasi 2015-yilda o'z yakuniga etadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru