Kingsli Koman Evro-2016dagi eng tezkor futbolchi deb topildi

Aziz Tukhtamuradov
16 sen 2016, 21:50
Fransiya terma jamoasi futbolchisi Kingsli Koman Yevropa chempionatida 32,8 km/soat natija qayd etib, turnirning eng tezkor futbolchisi deb topildi.


Bu haqida UEFAning texnik hisobotida ma'lum qilindi.

Ikkinchi o'rinni esa 32,3 km/soat natija bilan belgiyalik Yannik Karrasko egalladi. Uchinchi natijani esa shvetsiyalik Erik Yuxansson (32,1 km/soat) qayd etdi.

Bu borada eng yaxshi natija Aren Robbenga tegishli. U ikki yil oldingi Mundialda 37 km/soat natijani qayd etgan ekan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: uefa.com