Kimdir o'ldimi?. Messi Inter Mayamiga o'tishini eshitgan Devid Bekxem yotgan joyida yig'lab yuborgan ekan

Narzulla Saydullayev
25 mar 2024, 10:21
Inter Mayami xo'jayini Devid Bekxem Lionel Messining o'z klubiga kelayotganini qayerdan eshitganini aytib berdi.

Leo PSJni tark etishini e'lon qilgandi. Yaponiyada edim, tonggi soat 4 yoki 5 da uxlab yotgandim, telefonim tinmay jiringlay boshladi.

Xotinim meni turtib gapirdi: Telefonni o'chir, uxlash kerak. Ko'zoynagimni oldim va telefonda Messi Mayamiga kelishni qaror qilganini o'qidim. Men joyimga o'tirdim va yig'lab yubordim.
Viktoriya esa menga qarab: Nima bo'ldi? Tinchlikmi? Kimdir o'ldimi?
Men unga javoban: Messi keladi, u Mayamiga kelmoqda dedim. Internetga kirsam, barcha joyda shu haqda yozishgan ekan, - dedi Bekxem RMC Sport nashriga.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: rmcsport.bfmtv.com