Kim u? (javoblar)

Aslanov Jasurbek
3 dek 2018, 12:10
O'quvchilarimiz zerikib qolmasliklari uchun bergan boshqotirmamiz javoblarini e'lon qilamiz.

Biz futbolchi yutgan bazi sovrinlar va u birga to'p tepgan o'yinchilar nomini yozgan edik.

1. Memfis Depay va Jordan Xenderson bilan o'ynagan. 3 marta Shotlandiya ligasi va 1 marta Shotlandiya Kubogida g'olib bo'lgan. VIRJIL VAN DEYK

2. Neymar va Krishtianu Ronaldu bilan o'ynagan. 2 marta Bundesliga, 1 marta A Seriya chempioni bo'lgan. DUGLAS KOSTA

3. Arturo Vidal va Alvaro Morata bilan o'ynagan. 3 marta Bundesliga va 4 marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan. TONI KROOS

4. Pol Pogba va Mario Gomes bilan o'ynagan. 1 marta jahon chempionati va 1 marta 2-Bundesligada oltin medallarni qo'lga kiritgan. BENJAMEN PAVAR

5. Serxio Aguero va Andres Inesta bilan o'ynagan. 1 marta Chempionlar ligasi, 1 marta jahon chempionati va 1 marta Angliya liga Kubogida chempion bo'lgan. FERNANDO TORRES

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia