Kim u?

Aslanov Jasurbek
3 dek 2018, 11:21
O'quvchilarimiz zerikib qolmasliklari uchun ularga ajoyib boshqotirma berishga qaror qildik.

Biz futbolchi yutgan bazi sovrinlar va u bilan to'p tepgan o'yinchilar nomini oshkor qilamiz, siz esa ushbu futbolchilar kim ekanligini topishga urinib ko'rasiz.

1. Memfis Depay va Jordan Xenderson bilan o'ynagan. 3 marta Shotlandiya ligasi va 1 marta Shotlandiya Kubogida g'olib bo'lgan.

2. Neymar va Krishtianu Ronaldu bilan o'ynagan. 2 marta Bundesliga, 1 marta A Seriya chempioni bo'lgan.

3. Arturo Vidal va Alvaro Morata bilan o'ynagan. 3 marta Bundesliga va 4 marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.

4. Pol Pogba va Mario Gomes bilan o'ynagan. 1 marta jahon chempionati va 1 marta 2-Bundesligada oltin medallarni qo'lga kiritgan.

5. Serxio Aguero va Andres Inesta bilan o'ynagan. 1 marta Chempionlar ligasi, 1 marta jahon chempionati va 1 marta Angliya liga Kubogida chempion bo'lgan.

Javoblar keyinroq e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia