Kilian Mbappe "Real Madrid" tarixidagi Krishtianu Ronalduning rekordini takrorladi

Khoja
21 dek 2025
Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe 2025 yilda "Real Madrid" safida o'zining 59-golini urdi.

Futbolchi bu golni Ispaniya chempionatining 17-turida "Sevilya"ga qarshi o'yinda (2:0) kiritdi.

Shu tariqa Mbappe afsonaviy hujumchi Krishtianu Ronalduning "Real Madrid" safida bir kalendar yilida urilgan gollar bo'yicha rekordini takrorladi. 2013-yilda portugaliyalik 59 ta gol urgan edi."Real Madrid" 2025-yilda boshqa o'yin o'tkazmaydi va Andalusiyaliklarga qarshi o'yindan so'ng Rojdestvo tatiliga chiqadi, shu tariqa, Kilian bu yil portugaliyalik yulduzning rekordini yangilay olmaydi.

Mbappe "Real Madrid" safida 2024 yildan beri o'ynab kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Bu mavsumda francuz barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 30 ta gol va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com