Kilian Mbappe PSJdan ketadimi? Uning o'zi javob berdi

22 iyul 2020, 08:21
Kilian Parijdan joriy yil ketmasligini ma'lum qildi.

“Men Parijda katta loyihaning bir qismi bo'lishni istayman. Kelasi mavsum ham PSJda qolaman va iloji boricha ko'proq sovrin yutib olishga harakat qilaman. Bu mening ushbu loyihada 4-yilim bo'ladi. Bu juda ham muhim yil bo'ladi. Joriy yilda klub 50 yillik yubileyini nishonlaydi, shuning uchun ham jamoa va muxlislar uchun imkoni bor barcha sovrinlarni qolga kiritib, o'zimni faqat yaxshi tomondan ko'rsatishga harakat qilaman”, - deydi Mbappe.

Eslatib o'tamiz, “Real” Mbappega asosiy da'vogar, ammo Madrid jamoasi uni faqat 2021 yil yozida sotib olishni rejalashtirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS.com