Kilian Mbappe PSJ bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
31 avg 2023, 09:11
Hujumchi Kilian Mbappe PSJ bilan yangi shartnoma tuzishga tayyor.

Jurnalist Marko Konterioning ma'lum qilishicha, klub va futbolchi 2026 yilgacha bo'lgan shartnoma borasida kelishib olganlar. Unda Mbappening tovon puli ham belgilanadi.

Avvalroq Mbappe PSJ bilan shartnomani uzaytirmasligi va jamoadan ketishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgandi. Shu sababli u klubning asosiy jamoasidan bir muddatga chetlatilgan. Biroq oxir-oqibat u o'z qarorini o'zgartirdi va klub bilan kelisha boshladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif