Kike Seten: “Bavariya” haqli bo'lganidan ham ko'proq gol urdi

15 avg 2020, 07:57
“Barselona” bosh murabbiyi Kike Seten “Bavariya”dan qabul qilingan 8:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bu favqulodda og'riqli mag'lubiyat. Ular o'zlari haqli bo'lganidan ham ko'proq gol urdi. Biz yomon boshlamadik, ammo raqibning kuchi bizni ko'p jabhada ortda qoldirdi. Men bu yerda bir necha oydan beri borman xolos. Agar Pike katta tanaffuslar vaqti etganini aytgan bo'lsa, demak, bu ko'p narsani anglatadi. Kelajak uchun qaror qabul qilish vaqti etdi. Hozir esa mening klubda qolishim yoki ketishim haqida gapirishga ancha erta deb o'ylayman. Haqiqat shunday: hammasi menga bog'liq emas”, - deydi Kike Seten.

Avvalroq Setenning “Barselona”dan ketishi aniq bo'lgan va buni klub prezidenti ham tasdiqlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca