

So'rovnomaga ko'ra, mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb Dortmundning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan topildi.
Kicker o'tkazgan so'rovnomada 235 nafar futbolchi qatnashdi. Ushbu futbolchilarning 31,1% Mxitaryanga ovoz berishdi.
Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni Bavariya hujumchilari Robert Levandovski (22,1%) hamda Tomas Myuller (13,6%) egallashdi.



