Kibersport. O'zbekistonlik Dota 2 ustasi "Na'Vi" sardoriga aylandi

Aslanov Jasurbek
1 sen 2018, 22:02
Dota 2 bo'yicha jahonning eng yirik kibersport jamoalaridan biri - Natus Vincere (Na'Vi) tarkibida o'zgarishlar ro'y berdi.

Tarkibni Ilya Lil Ilyuk, Danil Dendi Ishutin, Viktor General Negrini, Fedor velheor Rusixin va Aleksandr XBOCT Dashkevich tark etdi.

Dendi 7,5 yildan beri Natus Vincere jamoasi a'zosi hisoblanadi va u Na'Vi bilan The International 2011, 2012 va 2013da yuqori o'rinlarni qo'lga kiritgan.

Crystallize jamoada qoldi. O'zbekistonlik Dota 2 ustasi, SoNNeikO niki bilan ko'pchilikka mashhur bo'lgan Akbar Bo'taev Na'Vi sardoriga aylandi. Jamoaga Idan Magical Vardanyan va Evgeniy Blizzy Ri ham qo'shildi. Hozircha jamoaning beshinchi a'zosi aniq emas.


Natus Vincere tarkibi

Vladislav CrystallizeKristanek
Idan Magical Vardanyan
Evgeniy Blizzy Ri
Akbar SoNNeikO Bo'taev

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru