O'zbekistonlik Yevropa grandi safiga qaytdi

Aslanov Jasurbek
22 apr 2017
"SoNNeikO" niki bilan mashhur bo'lgan o'zbekistonlik "Dota 2" kompyuter o'yini ustasi Akbar Bo'taev Yevropa grandi safiga qaytdi.

U "Na'Vi" (Natus Vincere) safida Roman Paley ("rmN-") o'rnini egallaydi.

"Gap Akbar Bo'taev haqida ketmaganida muhim bahslar oldidan tarkibda o'zgartirishlar qilmagan bo'lardi. Akbarning o'yini bizga ma'lum va biz yana u bilan ishlash imkonini qo'ldan chiqara olmasdik. Jamoani tark etgan Romanga o'yinlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Sen ajoyib o'yinchi va yaxshi insonsan. Akbarning avvalgi jamoasi "Vega Squadron"ga ham tezkor transfer uchun rahmat aytaman. Hozir hamma tashkilot ham o'yinchining qiziqishlarini o'ylamaydi" - deydi "Na'Vi" a'zolaridan biri Evgeniy Zolotaryov ("HarisPilton").

Eslatib o'tamiz, Akbar Bo'taev 2015 yilning aprelidan 2016 yilning noyabrigacha "Na'Vi" safida o'ynagan. "Na'Vi" kibersportning deyarli barcha yo'nalishlari bo'yicha tarkibga ega kam sonli jamoalardan biri hisoblanadi. Klub ko'plab yo'nalishlarda jahon chempioni bo'lishga ulgurgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sovsport.ru