Kiberfutbol. “Madridista Uzbekistan” kecha “UzArena”da o'zining 2 yilligini nishonladi (1-qism)

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2017, 18:45
Kecha O'zbekiston kiber futbol Assosiaciyasiga qarashli “UzArena”da o'ziga xos tadbir bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda Madridning “Real” klubi ishqibozlari yani “Madridista Uzbekistan” fan klubining ikki yilligi nishonlashdi.


Yurtimizning bir qator taniqli kishilari ushbu tadbirda mehmon bo'lishdi.







Bulardan tashqari tadbirda “Barselona”ning O'zbekistondagi “Barsamaniya” fan klubi a'zolari ham mehmon bo'lishdi.


Tadbirni "Avtoradio Hamroh" boshlovchisi Dj Rustambek olib borgan bo'lsa, taniqli sport jurnalisti, ustozimiz Mirzahakim aka To'xtamirzaev kiber futbol o'yinini sharhlab bordilar.


Bundan tashqari mehmon sanatkorlardan “Ajabxanda” ko'rsatuvi ijodkorlari Iskandar Hamroqulov va Orif Sultonov muxlislarga bir chimdim kulgu taqdim etdi. Ularga esa Samandar Hamroqulov hamrohliq qildi va chiroyli qo'shiq bilan barchani saxnaga taklif qildi.


Bundan tashqari “kiberfutbol” ligasida ishtirok etayotgan rep yo'nalishidagi xonada Shahriyor ham tadbirda faol ishtirok etdi.


Ushbu tadbirni tashkil etishda O'zbekiston kiberfutbol Assosiaciyasi prezidenti Azizbek Pattaxov jonbozlik ko'rsatdi.


Assosiaciya prezidenti avval ushbu tadbir sababchisi “Madridista Uzbekistan” fan klubini ikki yilligi bilan taqdirladi va kiberfutbolni O'zbekistonda rivojlantirish haqida o'z fikrlarini bildirdi.


“Avvalambor “Madridista Uzbekistan” fan klubini tashkil topkaniga ikki yil to'lgani bilan tabriklayman. Mana shunday tadbir “UzArena”da tashkil etilganidan va bizning taklifimizga yo'q demay tadbirga tashrif buyurgan barcha mehmonlarga katta rahmat aytaman. Ushbu  tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad, O'zbekistondagi “Barselona” va “Real Madrid” klubi muxlislarini yani “Madridista Uzbekistan” va “Barsamaniya” fan klubi a'zolarini bilan o'zaro do'stlik rishtalarini bog'lashdan iborat edi. Mana shu do'stlik rishtalari kechadan boshlab bog'landi. Nasib qilsa el-klassiko bahslarini “Barsamaniya” va “Madridista Uzbekistan” fan klubi a'zolari birgalikda tomosha qilishadi. Bunda, ikkala tarafdan ham hech qanday xaqoratli so'zlar va kamsitishlarga yo'l qo'yilmaydi. Aksincha, mag'lub jamoa g'olib jamoani g'alaba bilan tabriklashadi. Bizning eng asosiy maqsadimiz O'zbekiston futbolining rivoji uchun o'z xissamizni qo'shish”, - deydi Assosiaciya prezidenti Azizbek Pattaxov.


DAVOMI BOR...


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia