Keyn Tottenxemda haftasiga 120 ming funt olmoqchi

Narzulla Saydullayev
15 noya 2016, 07:45
Tottenxem hujumchisi Xarri Keyn klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Angliya terma jamoasi a'zosi yangi kelishuvga ko'ra haftasiga 120 ming funt maosh olmoqchi. Klub rahbariyati futbolchilar uchun eng yuqori maoshni 100 ming funt deb belgilab qo'ygan. Aynan shu bois Keyn va Ugo Loris bilan shartnoma uzaytirish borasidagi muzokaralar to'xtab turibdi.

Angliyalik futbolchining shartnomasi 2020 yilda tugaydi. Keynga Real, Bavariya, Chelsi, Manchester Siti va Manchester Yunayted kabi top klublar qiziqishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk