Keyn: "Tottenxem" chempionatda g'olib bo'lishi uchun uyda va mehmonda g'alaba qozonishi kerak"

Aslanov Jasurbek
17 noya 2017, 14:56
"Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn "Arsenal"ga qarshi APLning 12-tur uchrashuvi oldidan jamoasining chempionlik uchun imkoniyatlariga baho berdi.

"Tottenxem" uchun top-klublarni mag'lub etishni boshlash muhim. So'nggi yillarda biz uyda yaxshi o'ynayapmiz, ammo mehmonda ham shunday harakat qilish kerak. Agar sovrin uchun kurashib, chempionatda g'olib chiqmoqchi bo'lsak, faqat g'alaba qozonish lozim" - deydi Keyn.

Joriy mavsum "Tottenxem" mehmondagi 5ta uchrashuvda 4ta g'alabaga erishdi va 1 marta mag'lub bo'ldi. "Arsenal" - "Tottenxem" o'yini 18 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun