Keyn operaciya qilindi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020, 12:41
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn operaciya qilindi.

Bu haqda futbolchining o'zi tvitterida ma'lum qildi.

"Operaciya yaxshi o'tdi. Ilk kundanoq tezroq tuzalishga harakat qilyapman", - dedi Keyn.

Keyn 1 yanvar kuni "Sautgempton"ga qarshi o'yinda jarohatlangandi. U apreldan oldin mashg'ulotlarga qaytmasligi kutilmoqda.

Ushbu mavsumda Keyn barcha turnirlarda 25 o'yinda qatnashib, 17 gol urdi va 2 assistentlikni qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/HKane