Keylor Navas "Real Madrid" bilan erishgan zafarli onlarini yodga oldi

Sherzod Nurmatov
11 may 2020, 01:45
PSJ darvozaboni Keylor Navas "Real Madrid" tarkibida ketma-ket uch marta erishgan CHL g'olibligini eslab o'tdi.

"Real"dagi o'yini haqida

"Bu mening faoliyatimdagi mutlaq muvaffaqiyatli bosqich edi".


Sevimli sovrini haqida

"Men uchun ularning barchasi qadrli, ammo ketma-ket uch marta Chempionlar Ligasini yutish – bu o'zgacha lahza. Buni hech nima bilan tasvirlab bo'lmaydi", - deydi Navas

Keylor Navas 2014 yildan 2019 yilgacha Madridning "Real" klubi darvozasini qo'riqlagan. U klub tarkibida La Liga, Ispaniya superkubogi, to'rt marta klublar o'rtasidagi Jahon chempionati kubogi, uch marta Chempionlar ligasi va ikki bor UEFA Superkubogini yutgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS