

27-daqiqada Madrid klubi posboni Keylor Navas 11-metrli jarima to'pidan berilgan zarbani qaytardi.
Shunday qilib, 29 yoshli darvozabon ushbu mavsumda uchinchi penaltini qaytardi. Bu TOP-5 chempionatlarda eng yaxshi natija hisoblanadi.
Navas Real sobiq posboni Iker Kasilyasning 2008/09 yilgi mavsumdagi natijasini takrorladi. O'sha yili Iker 3ta penaltini qaytargandi.



