Keyingi mavsumda YCHLda ishtirok etuvchi 11ta klub nomi ma'lum

Narzulla Saydullayev
29 apr 2016, 15:03
Yevropa milliy chempionatlarida mavsum yakunlanib bormoqda.

Hozirga kelib yangi mavsumda Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etuvchi 11ta klub nomi ma'lum bo'lib ulgurdi.

"Barselona", "Atletiko", "Real Madrid", "Lester", "Bavariya", "Borussiya D", "Yuventus", "Benfika", "Sporting", PSJ va "Dinamo Kiev" klublari 2016-2017 yilgi mavsum YCHL guruh bosqichida qatnashadi.

Eslatib o'tamiz, guruh bosqichida jami 32ta klub ishtirok etadi. Ularning 10tasi pley-off o'yinlaridan so'ng aniqlanadi. Yana 11ta klub nomi esa milliy chempionatlari yakunlangach ma'lum bo'ladi.

Guruh bosqichiga yana qaysi klublar yo'llanma oladi: YCHL-2016 g'olibi, Angliya yana ikkita klub, Germaniya yana bitta klub, Italiya yana bitta klub, Fransiya yana bitta klub, Rossiya chempioni, Gollandiya chempioni, Belgiya chempioni, Shveytsariya chempioni va Turkiya chempioni.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia