Keyingi haftada "Barselona" futbolchisi "Uotford"ning rasmiy a'zosiga aylanadi

Mirjalol Normatov
10 iyun 2018, 14:50
"Uotford" keyingi haftada "Barselona" hujumchisi Jerar Deulofeuning transfer huquqini rasman sotib oladi.

Ayni damda tomonlar transferning so'nggi detallarini muhokama qilishmoqda. "Barselona" futbolchining transferidan 20 mln evro ishlab oladi. Deulofeuning "Barselona" bilan shartnomasi 2019 yilga qadar mo'ljallagandi.

Jerar o'tgan mavsumning yarmida APLga ko'chib o'tdi va ligada 7 uchrashuvda qatnashib, 1 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es