Keshavarz: "Eronda vaziyat juda og'ir. Futbolchilar mashg'ulotga kelishmaydi"

9 iyun 2020, 22:16
Ozarboyjonning "Sabail" klubi himoyachisi Peyman Keshavarz ayni damda o'z vatanida hukm surib turgan ahvol haqida gapirdi.

"Hozir Erondagi vaziyat juda yomon. Mening qarindoshlarim va do'stlarim infekciyani yuqtirib olgani yo'q, ammo ulardan xavotirdaman. Chempionatdagi vaziyat ham qiyin edi. Bazi jamoalarda virus bilan og'rigan futbolchilar bor, bazilar mashg'ulotni boshlamagan. Ular chempionat bahslarida ishtirok etishdan qo'rqishadi, futbolchilar mashg'ulotga kelishmaydi. Barcha milliy chempionatning to'xtatilishini istaydi", - dedi 24 yoshli futbolchi.

Villi Sanol Eron terma jamoasini boshqarishi mumkinmi?

O'xshash yangiliklar


Manba: azerisport