

Mankunianliklar yangi murabbiy qo'l ostida ikkita o'ta muhim va qiyin bahsda g'alaba qozonishdi. Bugun APL 23-turi doirasida safarda "Arsenal" taslim etildi (3:2). Kerrik debyutini esa 17 yanvar kuni "Manchester Siti"ga qarshi derbida nishonlagan va unda "qizil iblislar" 2:0 hisobida zafar quchishgan edi.
Eslatib o'tamiz, 5 yanvar kuni "Yunayted" rahbariyati Ruben Amorimni iste'foga chiqargan edi. 13 yanvar kuni esa Maykl Kerrik mavsum yakuniga qadar jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi.



