Kerrik MYUning doimiy murabbiyi bo'lib qoladi - Romano

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik katta ehtimol bilan doimiy ravishda o'z lavozimida tasdiqlanadi.

Bu haqda jurnalist va insayder Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, mutaxassis klub rahbariyati va futbolchilar bilan yaxshi munosabat o'rnatgan. Klub bosslari yangi murabbiy masalasida shoshilmaslikni va biroz pauza olishni istamoqda.

Hozirgi vaqtda "Manchester Yunayted" 55 ochko bilan Angliya Premer-ligasi jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Kerrik yanvar oyidan beri jamoada ishlamoqda, u bu lavozimda Ruben Amorimni almashtirgan.


Manba: