

"Sky Sports" xabariga ko'ra, himoyachi Antonio Ryudiger hamda darvozabon Kepa Arrisabalaga ushbu janjal sababchilari bo'ldi. Ikki tomonlama o'yin vaqtida germaniyalik futbolchi darvozabonga qarshi qo'pol o'ynashiga bir bahya qolgan va shu boisdan darvozabonning jahli chiqib ketgan va bir-birini itarib, yoqalashib ketishgan.
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel esa janjalning aybdori deb Ryudigerni topgan va uni mashg'ulotdan chetlatgan.



