Kepa Sarri boshqarayotgan "Lacio"ga o'tishi mumkin

Alisher
12 yanv 2022, 13:58
"Chelsi"da o'yin amaliyoti yetishmayotgan ispaniyalik darvozabon Kepa Arrisabalaga faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Darvozabon uchun bosh da'vogar "aristokratlar"ning sobiq ustozi Mauricio Sarridir.

Qayd etish kerakki, o'yinchi va murabbiy o'rtasida "Stemford Brij"da kelishmovchilik kelib chiqqandi.

Arrisabalaganing London klubi bilan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsum APL doirasidagi atigi 4ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia