Kepa "Granada"ga qarshi o'ynamoqchi

Оқил Абдубарноев
30 noya 2023
"Real Madrid" darvozaboni Kepa Arrisabalaga "Granada" bilan bo'lajak o'yinda jamoasiga yordam bermoqchi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi avvalroq jarohat olib, “Real”ning to'rtta o'yinini o'tkazib yuborgandi.

Jurnalist Mario Kortegananing so'zlariga ko'ra, klub keyingi o'yinda Kepaga tarkibdan joy hozirlash niyatida emas, ammo darvozabonning o'zi maydonga tushishni niyat qilgan.

Ispaniya chempionatining 15-turidan o'rin olgan “Real” – “Granada” uchrashuvi 2 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/MarioCortegana