Kepa "Chelsi"dan ketish uchun maoshining kamayishiga ham rozi

Alisher
19 noya 2020, 15:24
"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga poytaxt klubidan ketishi mumkin.

Darvozabon ijara asosida boshqa klubga ketish uchun maoshining kamayishiga ham rozi. Qayd etish kerakki, futbolchining London jamoasidagi maoshi haftasiga 150 ming funtni tashkil etadi.

O'yinchi Evro-2020 uchun Ispaniya terma jamoasiga kirish uchun boshqa klubga ketmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Kepa "Chelsi"ga Bilbaoning "Atletik" klubidan 80 million evro evaziga o'tgan holda dunyodagi eng qimmat darvozabonga aylangan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun