Kepa "Chelsi" va Ispaniya terma jamoasi safida barcha sovrinlarni yutishni xohlaydi

Alisher
2 may 2020, 11:11
"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatidagi maqsadlari haqida gapirdi.

"Haqiqatki, "Chelsi" so'nggi 10 yil ichida ingliz jamoalari orasida eng ko'p sovrinlarni qo'lga kiritdi. O'ylaymanki, bizda aynan shunday ambiciyalar bo'lishi kerak.

Aslida, men shu sababli bu erga keldim va birinchi mavsumimda Yevropa Ligasini qo'lga kiritdik. Bizda yosh jamoa bor. Klubga yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolashni taqiqlab qo'yishgandi, ammo biz sovrinlar uchun harakatni davom ettirishimiz kerak. Men "Chelsi" va Ispaniya terma jamoasi tarkibida barcha sovrinlarni yutishni xohlayman", - deydi Kepa.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard yozda Kepa bilan xayrlashmoqchi va uning o'rniga kuchliroq darvozabonni jamoaga olib kelmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca