
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Qo'qon-1912" jamoasi bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng ushbu hujumchilarning axvoli haqida ham fikr bildirib o'tdi.
"Kenja To'raev va Azamat Allaniyozov o'tgan mavsum so'nggida jarohat olishib safdan chiqishgan edi. Bu futbolchilar hozirda yakka tartibda mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Ularni safga qaytishlari uchun ma'lum muddat talab etiladi. O'ylaymanki, ikkinchi davradan boshlab bu ikki hujumchining xizmatlaridan foydalana olamiz", - deydi Ro'ziqul Berdiev.