

O'FA matbuot-xizmatining ma'lum qilishicha, keniyaliklar bugun tongda yurtimizga yetib kelishgan.
Vodiydagi muhbirimizning xabar berishicha, Keniya yoshlar terma jamoasi bugun tushlikka qadar Toshkentdan Andijonga havo yo'llari orqali yetib boradi. Mehmonlar shahardagi Bog'ishamol mehmonxonasiga joylashadi.
Raavshan Haydarov boshqaruvidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Farg'onada yig'iladi va o'yin kuni Andijonga yetib kelishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Keniya o'rtoqlik uchrashuvi 23 mart kuni soat 20:00 da Sog'lom avlod stadionida boshlanadi.



