

O'yinchi o'tgan yozda Turin klubi bilan 2023 yilga qadar shartnomasini uzaytirgan edi, ammo Italiyaning JCH-2022ga chiqa olmagani uning kelajagiga ta’sir qilishi mumkin.
37 yoshli futbolchi MLS jamoalaridan biriga o'tish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.
Kellini professional nuqtayi nazardan ham, shaxsiy sabablarga ko'ra ham AQSHga o'tishga qiziqmoqda. Shu bilan birga, u kelajakda "Yuve" rahbariyatiga qaytish uchun menejerlik ishi bo'yicha tajribasi bo'lishini xohlaydi.



