Kellini: “Ramos finalda Salohni “sindirish”ni “a'lo” darajada bajargandi”

“Yuventus” himoyachisi Jorjio Kellini Serxio Ramosning YCHL-2018 final uchrashuvidagi harakatlari haqida gapirdi.

O'sha bellashuvda madridliklar himoyachisi Serxio Ramos “Liverpul” yetakchisiga jarohat etkazib, uni “zararsizlantirgandi”.

“Ramos – dunyoning eng yaxshi himoyachisi. Aytishlaricha, u yuqori impulsda to'p tepadi, bazan murabbiyning taktik ko'rsatmalaridan chiqib ketadi va mavsum davomida 8-10 ta gol aynan uning xatosidan keyin “Real” darvozasidan joy oladi. U texnikasi yuqori futbolchi, hujumchilarga xos xislatlarga ega. U butunlay mening aksim.

Serxio hech kimda uchramaydigan ikkita jihatga ega. Katta o'yinlarda hal qiluvchi rollarni o'ynay oladi. Uning harakatlari mantiqqa asoslanadi va har qanday raqibni iblisona qitmirlik bilan “safdan chiqaradi”, yani jarohatlay oladi. U aynan shunday ishni YCHL finalida Salahga nisbatan amalga oshirgandi. Bunday jarohat etkazish oson  va hamma uddalaydigan ish emas. Futbochlining o'zi o'sha holatni izohlay turib, bu tasodifan ruy berganligini bir necha bor takidlagan.  Ammo o'shanday vaziyatlarda erga yiqilayotgan futbolchi raqib futbolchisini ham qo'yib yubormasda  maydonga qulashi – bu 10 ta holatning 10 tasida ham raqibga jarohat etkazish ehtimolini oshiradi” deya qayd etgan Kellini o'zining  avtobiografik asarida.

YCHL-2018 finalida “Real” “Liverpul”ni 3:1hisobida taslim etgan.


Manba: Football Italia