

“Ortga qarab, bu taklifni rad etganim uchun o'zimni haqiqatan ahmoq deb ayta olaman. Endigina 16 yoshda edim, C Seriyada o'ynash tajribasi bor edi, ko'plab takliflarni oldim, ammo rad etdim.
O'zimni ushbu transferga tayyor his etmadim. Bundan tashqari, agar rozi bo'lsam, “Livorno”ning g'oyalariga xiyonat qilgandek taasurot qoldirishim mumkin edi", deydi himoyachi.
Albatta, yillar o'tib ham “to'pchilar” tomonidan futbolchiga bo'lgan qiziqish pasaymadi. Xususan, hujumchi Robin van Persi intervyularidan birida Kellini haqida eslab o'tgan:
- Shunday vaqt keldiki, men “Arsenal”da g'oliblik mentaliteti yetishmayotgani haqida aytishim zarur edi va Arsen Vengyerdan Jorjo Kellini bilan shartnoma imzolashimiz kerakligini iltimos qildim. Unga qarshi bir necha bor to'qnash kelganman va unda shunday xarakter bor edi, degan van Persi.



