"Kelishilgan o'yinlar qiroli": "Men O'zbekistonga 80 ming dollar tikkanman"

Mirjalol Normatov
23 apr 2019, 00:14
Barchangizga ma'lumki, Raj Perumal kelishilgan o'yinlarning tashkilotchiligidagi muhim insonlardan bo'lgan.

U o'z tajribasi va hayotidan kelib chiqib, "Kelishilgan o'yinlar qiroli" nomli kitob yozgandi. Ushbu kitobda u 1994 yilgi Osiyo o'yinlari finali haqida ham ikki og'iz gapirib o'tgan. 

U o'z bukmeker do'stining maslahatiga ko'ra, juftlikdagi autsayder - O'zbekiston termasiga 50 ming dollar tikkan. Ammo ertasi kuni u kutilmaganda O'zbekiston favorit bo'lganini bilgan va ularning g'alabasiga yana 30 ming dollar tikkan. Chunki o'zbekistonliklarning g'alabasi aniq bo'lib ulgurgandi. O'zbekiston esa yakunda 4:2 hisobida g'alabaga erishdi va bosh sovrin egasi bo'ldi. Aslida u o'yin O'zbekistondagilar uchun kelishilgan emas, termaning katta natijasi sanaladi, - deb yozadi Rossiya yangiliklar agentligi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: РуАН